"Barchamizga ayonki, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish aholi salomatligini ta'minlashning muhim omili bo'lib, avvalo yoshlarni sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega"
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: "O'zbekiston", 2017. B 475.
"Bugun hayotimizning o'zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad- inson manfaatlarini har tomonlama ta'minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo'ymoqda"
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 14.
"Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi."
Mirziyoyev, Sh. M . Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 18-bet.
“Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos 8 boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bо‘ladi”
Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir // О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi. Xalq sо‘zi. 2017-yil 4-avgust.
"Ayni shu masalada ularning faoliyati ijobiy bo‘lsa, xalq ulardan rozi bo‘lsa, rahmat deymiz, aksi bo‘lsa – biz bunday rahbarlar bilan xayrlashamiz."
Mirziyoyev, Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 19-bet.
"Biz barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tishimiz darkor."
Manba: Mirziyoyev, Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston, 18-bet.
"Inson manfaatlarini ta'minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak"
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 14.
"Biz yoshlarga doir davlat siyosatini xeh og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu masalani eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 145.
"Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-judaistardim. Mana ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xoru-zorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalaikda olgan tarbiyalariga bog'liq"
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 22-23.
"Tarbiya qancha mukammal bо‘lsa, xalq shuncha baxtli yash aydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bо‘lishi uchun esa bu masalada bо‘shliq paydo bо‘lishiga mutlaqo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 505.
"Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari eng avvalo shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 168.
"Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyaning o'rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta'kidlash joiz"
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 6.
"Jamiyat rivojiga g'ov bo'layotgan yana bir illat - bu karrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora tadbirlarini ko'rishimiz lozim.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 12.
"Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bо‘lib, dunyo miqyosida о‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bо‘sh kelmaydigan insonlar bо‘lib kamol topishi, baxtli bо‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 146.
"Xalqimiz hamma narsadan ustun qо‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish - eng asosiy vazifamizga aylanishi shart"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 192.
"Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari kо‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bо‘lishi shart. Shu borada bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 152.
"Shu munosabat bilan yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman: tadbirkorlik yо‘liga qarshi chiqish - davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga qarshi chiqishdir"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 203.
"Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol toptirish kabi muhim masalalar bо‘yicha qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadi"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 204.
"Yer yuzida muqaddas degan sо‘zga eng munosib zot bu - avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 341.
"Navrо‘z - umumbashariy ahamiyatga ega bayram. Uning mohiyatida mujassam bо‘lgan gumanistik g‘oyalar, millati, tili va dinidan qat’i nazar, yer yuzidagi barcha pok niyatli insonlar uchun birdek tushunarli va qadrlidir"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 374.
"Ikki yarim ming yil muqaddam buyuk Xitoy faylasufi va mutafakkiri Lao Szi «Dunyoda hamma narsa о‘sadi, gullaydi va о‘z ildizlariga qaytadi», deb aytgan ekan. Bu dialektik haqiqat naqadar tо‘g‘ri ekanini vaqtning о‘zi kо‘rsatib turibdi"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 408.
"Bilib qо‘yinglar, inson takdirini hal etishda sudyaning ongida - faqat adolat, tilida - faqat haqiqat, dilida esa poklik ustuvor bо‘lishi shart"
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - B. 437.