"Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‘pgina sohalarida madani yat yoki kultura so‘zi qo‘llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasi tushunilgan"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 10.
"Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda, «qancha yirik madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushuncha lar mavjud» (В.M. Розин. Культурология. Учебник. –M., 1998, 49-bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan bo‘lsa, 1950-yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga beril gan tushunchalar soni 400 taga yetadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa, ma daniyat so‘zining ma’no-mazmunini quyidagicha tushunish mumkin:
1. Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomoni dan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, osori-atiqalar yig‘indisi.
2. Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, mao rif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi ni aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
3. Madaniyat – umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning o‘zi yaratgan bo‘lsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi, ta’siri bo‘lishi tabiiy hol. Madaniyat aholining biron tabaqasi yoki sinfiga emas, 9 barchaga barobar xizmat qiladi. Masalan, san’at va adabiyot durdonalari, me’morlik yodgorliklari, fan-texnika yutuqlari va boshqalar barchaga te gishlidir.
4. Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan mil liy, umuminsoniy qadriyatlar majmuyi.
5. Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 10.
"Fanda, odamlar o‘rtasidagi muloqotda madaniyat so‘zi bilan bir qa torda kultura so‘zi ham ishlatiladi. Yevropada kultura deganda inson ning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadli ta’siri, insonga ta’lim-tarbiya be rish tushuniladi. Kultura so‘zi lotincha «culture» so‘zidan olingan bo‘lib, «yerga ishlov berish», «ekib o‘stirish» ma’nosini bildiradi. Rus fayla suflari N.Berdyayev va V.Rozinovlar «kultura» so‘zining «kult» ya’ni diniy ibodat, sig‘inish so‘zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 9.
"Siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsad larini ifodalovchi siyosiy-huquqiy g‘oyalar majmuyidir. Siyosiy madani yat jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog‘liq holda vujudga keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo‘ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o‘zining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat qiladi"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 12.
"Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog‘liq. Huquqiy ma daniyat qonunlarni bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy savi ya, huquqiy munosabatlar, huquqiy faollik madaniyati demakdir"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 12.
"Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtiso diy faoliyat, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iq tisodiy madaniyatining kamol topishi uchun iqtisodiy qadriyatlarni, iqti sodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy fao liyat yurita oladi"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 13.
"Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va ax loqiy faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar tizi mini ifodalasa, shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadriyatlarning indi viduallikda qanday darajada aks etishi ifodalanadi"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 13.
"Qisqa qilib aytganda, qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat unsurlari tu shuniladi. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, inson lar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, ma’na viy-ma’rifiy an’analar, urf-odatlar, xatti-harakatlar majmuyidir. Qadriyat insoniyat yaratgan va yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarning gul tojidir"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 19.
"Umuminsoniy qadriyatlar – odamzod uchun, kishilik jamiyati uchun eng qadrli bo‘lgan narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning umum ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalash maqsadida qo‘llaniladigan tushun chadir. Umuminsoniy qadriyatlar kategoriyasining mazmunini to‘liq anglab etish uchun, avvalo, umuminsoniylik tushunchasining ma’nosini bilmoq zarur. Umuminsoniylik deganda odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezon lar, obyektiv va subyektiv holatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar va boshqa lar tushuniladi"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 20.
"Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining voris lari hisoblanadilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. Chunon chi, Zevs – Yupiterga, Kronos – Saturnga, Poseydon – Neptunga, Afrodita – Veneraga, Artemida – Dianaga, Afina – Minervaga aylangan. Rimliklarda oila homiysi xudo Vestaga alohida e’tibor berganlar"
Usmonov Q., Sodiqov M., Karimov B., Bozorov Z., Adilov F., To‘laganova S., Burxonova S. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. B. 54.
"Insonlarning turlicha qarashlari, fikr va xayollari, faoliyatlari madaniyat tizimida birlashadi, tartibga tushadi. Bu esa, jamiyatning tartibga tushgan tizimini tashkil etadi. Madaniyat tizimining bir butunligi va uning turlicha ifodalanishini, umuminsoniy madaniyat bilan milliy madaniyatning uyg‘unligini tahlil qilish madaniyat falsafasining vazifasidir"