“оldin sоlishtirilаyоtgаn bir nаrsа tо‘g‘risidа аtrоfliсhа tо‘хtаlib, kеyin bоshqаsi hаqidа fikr yuritgаndаn kо‘rа qiyоslаnаyоtgаn оbrаzlаr, аsаrlаr yоki unsurlаr tо‘g‘risidа раrаllеl fikrlаsh sаmаrаli bо‘lаdi. Bundа о‘quvсhi сhаlg‘imаydi, qiyоslаnаyоtgаn bir nаrsа tо‘g‘risidа kо‘р fikr bildirib, bоshqаsi hаqidа mulоhаzа yurtishgа imkоnsiz bо‘lib qоlmаydi”
Yо‘ldоsh Q. Qiyоslаsh – tаhlil sаmаrаdоrligini оshirish usuli // Glоbаl tа’lim vа milliy mеtоdikа tаrqqiyоti. Rеsрublikа ilmiy-аmаliy аnjumаni mаtеriаllаri. – Tоshkеnt, 2020. – B. 35.
«Har bir Shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, Shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir Shaharga olimlar va madarrislar tayin qildim»
Temur tuzuklari. (Forschadan A.Sog’uniy tarjimasi). Т.: Sharq, 2005, 160 b.
"Мактабгача ёшдаги болаларнинг когнитив ривожланишнинг натижаси - атроф оламни яхлит манзарасини шакллантиришнинг мақбул даражасини танлашдир."
Ibrohimova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni shakllantirish metodikasi (integratsiyalashgan yondashuv asosida): 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. PhD diss. – Toshkent: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, 2023. – 91 b.
“Биз таклиф этаётган вариантли таълим дастурлари амалиётга татбиқ этилса, болаларни руҳий-физиологик ҳолатида диққатни бошқариш, ҳаракат, мотор фаолликни, фаолиятни ташкил қилиш, умумий эмоционал ҳолатини динамик ташкил қилинишини яхшилашга ёрдам берадиган натижаларга эришиш имкони пайдо бўлади.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 83 b.
“Давлат талабларда келтирилган барча ривожланиш соҳани битта ишда кўриб чиқиш жуда мурракаб иш бўлгани учун бизнинг тадқиқот ишимизда асосий урғу “билиш жараёнини ривожланиши” ва “ижодий ривожланиш” соҳаларига қаратилган.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 57 b.
"Гносеологик, шахсий фаолият ва интеграциялашган ёндашувлар мактабгача ёшдаги болаларнинг когнитив ривожланиши методикаси моделини яратиш учун назарий-методологик асосдир."
Иброҳимова М. M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni shakllantirish metodikasi (integratsiyalashgan yondashuv asosida): 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. PhD diss. – Toshkent: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, 2023. – 138 b.
"Методиканинг барча, яъни когнитив, фаолиятли ва ҳиссий-сезиш компонентлари бир-бири билан чамбарчас боғлиқ ва бир-бирини тўлдиради."
Ibrohimova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni shakllantirish metodikasi (integratsiyalashgan yondashuv asosida): 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. PhD diss. – Toshkent: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, 2023. – 138 b.
"Мактабгача ёшдаги болаларнинг когнитив ривожланиши моделининг интеграллаштирувчи блокини амалга ошириш методикаси - МТТда таълим соҳалари интеграциялашган таълимий ўйин фаолиятини, ота-она ва бола муносабатлари ва болалар фаолиятининг турли хил турлари орқали ташкил этишни ўз ичига олади."
Ibrohimova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni shakllantirish metodikasi (integratsiyalashgan yondashuv asosida): 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. PhD diss. – Toshkent: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, 2023. – 89 b.
“А.Г.Асмолов ўзининг ишларида вариатив таълимнинг методологик жиҳатларини очиб берилган. Бунда вариатив таълим шахсни ривожлантиришга кенг имкониятларни берувчи восита сифатида қаралиб, унда нафақат таркиб жиҳатидан турли хилдаги фойдаланилаётган ўзгарувчан дастурлар (умумтаълим, чуқурлаштирилган, кенгайтирилган босқичлар), балки, усули, шакли ва технологияси билан фарқланадиган дастурлар ҳам тушунилади.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 18 b.
“Бугунги кунда таълим тизими сармоялар учун энг мақбул соҳа ҳисобланиб, кўплаб хорижий ва ўзбек олимлари таълим тизимига қилинадиган сармоялар миллий бойлигимиз кўпайишининг асосий йўналиши сифатида эътироф қилинмоқда.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 13 b.
“Таълим-тарбия жараёни бу соҳада болани қизиқувчанлиги, интилувчанлиги, фаоллиги, билишга қизиқишлигини уйғотиш ва унга эҳтиёжларини шакллантиришга йўналтирилган бўлиши лозим.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 94 b.
“Бизнинг фикримизча мактабгача таълим дастури (келгусида - Дастур), икки қисмдан иборат бўлиши лозим: асосий ва таълим муносабатлари иштирокчилари шакллантирадиган қисм (кўпинча уни вариатив қисм деб аташади).”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 57 b.
Чора-тадбирларнинг бир-бири билан узвий боғланмасдан, бирлашмасдан, ҳамкорликсиз амалга оширилиши кўзланган натижани бермайди.”
Abdullayeva N.SH. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 95 b.
“Вариатив қисм – бу дастурдаги алоҳида ҳужжат эмас, балки ҳар бир бўлимнинг мақсадли, мазмунли ва ташкилий қисмларидир. … Дастурнинг вариатив қисмини яратиш учун таълим эҳтиёжлари, тарбияланувчилар, уларнинг оила аъзолари ва тарбиячиларининг қизиқишлари ва қизиқтирувчи омилларни инобатга олиш керак.”
Абдуллаева Н. Ш. Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Diss. ... PhD. – Toshkent, 2023. – 94 b.
«Tarbiyachi — ustoz bo‘lish uchun, boshqalarining aqil — idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining о‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. - Т.: Sharq, 1993. 27 - 28 betlar.
«...mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azm-u shijoatli yoshlami tarbiyalab voyaga yetkazish - biz uchun eng muhim masaladir»
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yiiligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. //Xalq so‘zi 2017-yil 1-sentabr.
"Didaktika so‘zi ilk bor nemis pedagogi Volfgan Ratke (Ratixiya) (1571 - 1635) asarlarida o'qitish san'ati sifatida Didaktikaning ifodalanadi. asosiy ilmiy ishlanmasini birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiy amalga oshirgan"
«Har kimki ilm - hikmatini o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi boisin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, barcha qonun-qoidalami bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol 160 dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin»
Majmuar Rasnil al-Hukamo - Т.: Sharq 1985. 198 - bet
«Ta’lim insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini yaratadi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Insonga o‘zini va dunyoni tushunishdagi bilimini oshirishda zarur. Odamlardagi bag‘ri kenglikm shakllantiradi. Yoshlaming hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Demak, ta’lim millatni rivojlantirishga yordam beradi»
4Aleks Mur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’Iim dnatun va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 35-bet
«kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turh sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlaming ijtimoiy mavqei va obro‘sini oshirishni va shu kabilami qamrab oladi»
Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, va. boshqalar. — T: Sharq, 1999. 172 бет.
“ijоdkоrligini о‘stirishdа ulаrdа аnа shu ijоdkоrlikning qаtоr tаrkibiy qismlаri, yа’ni tехnik fikrlаsh, fаzоviy tаsаvvur vа tushunсhаlаr, kоnstruktоrlik zеhni, bilimlаrdаn muаyyаn muаmmоli vаziyаtlаrdа fоydаlаnа оlish iqtidоri vа hоkаzоlаrni rivоjlаntirishgа еng sаmаrаli vоsitа dеb qаrаlаdi. Bulаrning hаmmаsi shu bilаn izоhlаnаdiki, fаоliyаtning yо‘sini kishining idrоkigа о‘z tа’sirini о‘tkаzаdi, uni аlоhidа yо‘nаlishgа sоlаdi. О‘zigа хоs idrоk kishining fаоliyаt usullаrini hаm bеlgilаydi”
Худойберганов А.Н., Маҳмудова Д. Ўқувчиларда ижодкорлик кўникмаларини шакллантириш ижтимоий педагогик муаммо сифатида // Uzluksiz tа’lim. – Тошкент, 2008. – № 3. – Б. 90.
«O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida Shunday bo‘lg‘il, nedinkim sen ta-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydir»
Kaykovus. Qobusnoma. (nashrga tayyorlovchilar: S.Dolimov, U.Dolimov) Т.: O’qituvchi, 2006. – 208 b. (30-b).
Aflotundan: «Qancha vaqtgacha ta’lim olish va ilm o'rganish yaxshi? — deb so'rabdilar. U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay vaqtgacha bo'lsa, ilm o'rganish o'sha vaqtgacha yaxshidir»
Aliqulov X., Omonboyeva R Jomiy va davoniy ta’lim-tarbiya haqida. Т.:, O'qituvchi, 1981, 36-b.
"Kommunikasiya – guruh yoki jamoa ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar o’rtasida axborot almashish jarayonini o’z ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikasiya asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka tartibda kommunikasiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (o’zlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashkilot ichidagi kommunikasiya uchun shu guruh yoki tashkilot a’zolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikasiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli"
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild, T.: 2002. 704 bet (681-b.)
“Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” – deb yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko.
Umumiy pedagogika (1-qism). Abdullayeva B.S., Xoliqov A.A., Sodiqov H.M., Primov Sh.Q., Zarmasov Sh.R. - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: «», 2019. 124-bet.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilab berildi”
O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Oliy ta’lim (me’yoriy huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami). –Т., 2004.-12 b.
“Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni toliqtirib qo‘ymaslikdir, bir mavzuni qayta qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan”
Beruniy. Tanlangan asarlar. 1 jild, – Toshkent, “Fan”, 1968, 106-bet.
“Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor”
Beruniy. Tanlangan asarlar. 1 jild, – Toshkent, “Fan”, 1968, 40-bet.
“Murabbiy o‘qib tursagina murabbiy bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda murabbiylik o‘ladi”
Abul-Qosim Mahmud az-Zamahshariy. “Nozik iboralar”. – T.: “Kamalak”, 1992, 16-bet.
“O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul”
Педагогика: Учеб. пособие для студентов пед. институтов / Под ред. Ю.К. Бабанского. – М: Просвещение, 1983, С. 600.
«mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bolmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa. Yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlami qilmoq uchun sodir bo‘lsa va qilar ishlami qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. 13 tom.,Т.: Sharq 1966. 189-190-betlar.