“Har bir tomoshabin, ya’ni maktab bolasi teatrda olgan “darsidan” imtihon bersin. Kollektiv bo‘lib spektaklni ko‘rish bu “imtihon”ning qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bolaning ko‘rganlari haqida mulohaza yuritishi, tomoshadagi asl maqsadni aniqlash xususiyatini rivojlantiradi. Nutqi ravonlashadi”[1]
[1] Turdiyev A. Tarbiya o‘chog‘i // Sovet maktabi, 1965. 5-son. 10-b.
“Teatr – oila va maktabdan so‘ng bola tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan anjumandir”[1].
[1] Turdiyev A. Tarbiya o‘chog‘i // Sovet maktabi, 1965. 5-son. 9-b.
“Teatrga muhabbat uyg‘otish ishini bolalar o‘rtasida boshlash katta ahamiyatga ega. Ular sahnadagi voqealar tufayli fikrlashga, xulosalar chiqarishga o‘rganadilar. Teatr bola uchun yaxshi sirdosh, maslahatchiga aylanadi. Ular katta bo‘lganidan keyin ham teatrni unutmaydilar, balki bolalarini ham boshlab kelishadi. Maktablarimizda esa drama to‘garaklari yo‘qolib boryapti. Respublikamizdagi ko‘p sonli madaniyat uylari va klublarda hatto drama to‘garagi rahbarining o‘rni yo‘q”[1]
[1] Ikromov H. Davr va teatr. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 28-b.
“Afsuski, aksariyat maktablarda (masalan, Toshkent shahridagi 45 ta maktabdan 30 tasida) sevimli dramaturglar asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar ora-sira yuzaki muhokama qilinadi. Qolaversa, suhbatning eng muhim jihati o‘quvchida go‘zallik tuyg‘usini jonli taassurotlar orqali uyg‘otishi mumkin bo‘lgan spektakllar e’tibordan chetda qolmoqda”[1].
[1] Аннамуродова С. Народные традиции узбекского театра и их роль в эстетическом воспитании школьников УзССР. Дисс. – Ташкнет, 1985. Cтр. 71.
“Jumladan, Rus yosh tomoshabinlar teatri besh yil mobaynida faqat ikki asarni – maktab dasturiga kirmaydigan B. Shouning “Avliyo Ionna” va Rostanning “Romantiklar” pesalarini sahnaga qo‘ydi. Mumtoz asarlarga e’tiborsizlik, tabiiyki, teatr jamoalari ijodiga ham, ularning maktab bilan aloqalariga ham salbiy ta’sir qiladi”[1].
[1] Ikromov H. Davr va teatr. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 15-b.
“Original asar yaratish juda muhim, oliyjanob ish. Ammo asarni qiyomiga yetkazish uchun ko‘p mehnat talab qilinadi. Jumladan, A. Rahmatning “Abdulla Nabiyev” dramasini yetkazishda Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi hamda rejissyor Ahmedovning hissasi juda kattadir. Teatr ana shu an’anaga sodiq qolishi lozim”[1].
[1] Ikromov H. Yutuqlar va muammolar // O‘zbekiston madaniyati, 1980 y. 13-may.
“U original sahna asari sifatida Butunittifoq festivalida diplom bilan taqdirlandi. Spektaklning asosiy ijrochilari, jumladan, Obid Tolipov festival laureati bo‘ldi. Aktyor yaratgan Abdulla milliy xususiyatlari va xislatlari bilan bir qatorda, qandaydir keng ko‘lami, ta’bir joiz bo‘lsa, ramziyligi bilan ajralib turadi. Bu ramziylikda yorqin kelajak uchun kurashib, jonini qurbon qilgan fidoyilar obrazi mujassam etilgan. Obid Tolipov – Abdulla Nabiyev obrazi ustida olib borgan katta izlanishlari natijasida boy tajriba to‘pladi. Lekin u talabchan ijodkor sifatida haqiqiy parvoz uchun o‘zida nazariy asoslar kamlik qilayotganini sezadi va bilim ilinjida Toshkent teatr va rassomlik institutining rejissyorlik bo‘limiga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatadi”[1].
[1] Ikromov H. Bolalar teatri uchun yaratilgan asar // San’at, 1990. 4-son. 3-b.
“Yosh tomoshabinlar teatri” bo‘lguvchi edi. Eng diqqatga sazovor tomoni – bu teatrga 1-sinfdan 4-sinfgacha, 5-sinfdan 7-sinfgacha, 8-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan guruhdagi bolalar kelishardi. Ularning tafakkuri ana shu darajalarga qarab, moslashib, o‘tkirlashib borardi, nazarimda. Men “Oq kema” spektaklini shunday tabaqaga bo‘lib, 10-sinfgacha va undan kattalar ko‘radigan spektakl qilishga urindim”[1]
[1] Muhammedov M. Sahna tevaragida // Teatr, 2008. 5-son. 16-b.
“…taraqqiy qilgan millatlar teyotrxonalarni ulug‘lar uchun maktabi adab va ibrat ataydurlar. Taraqqiy qilmoqni eng birinchi sabab va boislaridan biri teyotrlardur deyurlar. Teyotrlarning yaxshi va yomon odatlarni sarrof va munaqqidi derlar…”[1]
[1] Behbudiy M. Teyotr nadur? // “Oina” jurnali, 1914. 29-son. 50-b.
“Biroz nozik, qadim farang latofatidan qat’iy nazar, Perro ertaklari jahon bolalar adabiyotida o‘zining sharafli o‘rniga ega. Ular quvnoq, maroqli, samimiy, ortiqcha pand-nasihat hamda muallifning talablari bilan murakkablashtirilmagan. Ularda yaratuvchi xalq nazmining mayin sabolari sezilib turadi, ularda haqiqiy ertak to‘qimasining farqli belgisini tashkil qilgan anglab bo‘lmas darajada g‘aroyiblik va soddalikning qorishmasi mavjud”[1]
[1] Turdiyeva K. Mashhur ertakchi // “Jahon adabiyoti” jurnali, 2014. 1-son. 11-b.
“Anvar Obidjon ayrim bolakaylarning kir-chir bo‘lib yurishlarini “Isqirt birinchi va uning sheriklari” orqali ochib berishga intilgan. Bu asar bilan u mana shu qahramonlarni ko‘rib yosh tomoshabinlar xulosa chiqarishini va o‘zlaridagi salbiy jihatlarni o‘zgartirishlarini istaydi. Alamazon obrazi orqali esa doim yaxshilikka intiluvchi, atrofidagilarga yordam berishga harakat qiluvchi bolalarni ifodalab bergan. Bu asarni tomosha qilgan bolajon o‘ylaymizki, sahnadagi qahramonlardan o‘rnak olib, fe’l-atvorini o‘zgartirishga intiladi”[1].
[1] Magdiyev B. Respublika yosh tomoshabinlar teatrida repertuar yaratish masalasi // O‘zDSMI xabarlari, 2022. 4-son. 14-b.
“Agar rejissyor va ijrochilar Po‘lat aka darajasida fikr yuritish, his etish, o‘zlari to‘qigan ulkan hayolot dunyosi bilan bir tan-u bir jon bo‘lib ketishga erishsalar, katta yutuqqa erishishlari muqarrar”[1]
[1] Ikromov H. Davr va teatr. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 4-b.
“Po‘lat Mo‘minni xalqqa yaqin qiluvchi qo‘shiqchiligi, bolalarga bag‘ishlangan she’riyati, dramaturgiyasining jozibasini ta’minlovchi umumiy xislatlar nimada deb, o‘zimizga savol bersak: ular fikrlar aniqligi, lo‘ndaligi, yorqin va qiziqligi, bolalarcha hayolotga boyligi, eng muhimi, sezdirmaygina to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan ibratli xislatlari, tarbiyaviy ahamiyati deb, javob berish mumkin”[1]
[1] Ikromov H. Davr va teatr. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 5-b.
“Har bir o‘zbekka bolaligidan yod bo‘lgan “Alpomish” va “Oshiq G‘arib” dostonlari Respublika yosh tomoshabinlar teatrida yangicha, o‘ziga xos ifodasini topgan. Bu spektakllar yosh tomoshabinlarga sahnalashtiruvchi rejissyor A. Xo‘jaquliyev tomonidan nihoyatda tushunarli, o‘ziga xos uslub bilan, kutilmagan original tarzda ifoda qilingan”[1]
[1] Ikramov H., Mahkamova N., Rizayev Sh. Og‘a-ini yod bo‘lsa. Respublika yosh tomoshabinlar teatri katalogi. ‒ Toshkent, 2009. 29-b.
“So‘nggi yillarda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, yosh tomoshabinlar teatri spektakllarida, aksariyat holda ertak-tomoshalar, musiqiy lavhalarga keng o‘rin berilgan chiqishlar kuzatildi. “Shiroq” spektakli ssenariysi bilan jonli ijro o‘rtasidagi keskin ta’sviriy tafovutni his qilar ekanmiz, bunda aktyorlar ijrosining individuallik – xarakter darajasiga ko‘tarilgan sahnaviy personajlar yaratilgani, plastika, aktyor ijrosi, holatlar, improvizatsiya, sahnaviy qiyofaning o‘ziga xos ijodiy ishlanganligi yaqqol namoyon bo‘ladi”[1].
[1] Rahimova Ch. Bolalar teatrida repertuar shakllantirish muammosi. Magistrlik diss. ‒ Toshkent, 2020. 88-b.
“Bolalar teatrida pedagogdek fikrlay oladigan sahna san’atkorlari hamda o‘zini san’atkordek his eta oladigan pedagoglar birlashib ishlashi kerak”[1].
[1] Bryantsev A. Yosh tomoshabinlar teatri. ‒ Sank-Peterburg: San’at hayoti, 1921. 2-b.
“Rejissyor va dramaturg hamkorligi” deganda rejissyor dramaturgning yoniga kirib yoki uning o‘rniga o‘zi o‘tirib asar yozishi nazarda tutilmaydi. Aksincha, rejissyor o‘zi ishlayotgan jamoaning alohida xususiyatiga mos repertuar plani, zamon taqozo etayotgan dolzarb masalalar va nihoyat teatrning texnik, ijodiy, moddiy imkoniyatlari nazarda tutilgan holda “Oqib kelayotgan” asarlarga qarab turmasdan, adabiyotning boshqa janrlarida ham ijod qilayotgan qalam sohiblari bilan muloqotga kirishish, ularni teatr ijodiy faoliyatiga tortish va qiziqtirish, ijodkorning kuchli tomonlarini hisobga olib, unga yaqin bo‘lgan janr va mavzularda asarlar yaratishga da’vati tushuniladi”[1].
[1] Ikromov H. Bolalar talabi – istiqbol talabi // Oʻzbekiston madaniyati, 1980 y. 25-iyul.
“Rejissyor teatr xodimlaridan o‘z bolalarini M. Meterlinkning “Moviy qush” ertak spektakli repetitsiyasiga olib kelishlarini so‘ragan. Bolalar zalni to‘ldirishdi va Stanislavskiy bir boladan ikkinchisiga o‘tib, reaksiyasini diqqat bilan kuzatdi, bolalarning spektakl haqida aytganlarini tingladi. Bolalarning sahnada sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan har qanday munosabatiga hurmat ko‘rsatish shundan buyon bolalar teatrining an’anasiga aylandi”[1].
[1] Ешмуратова А. К. Особенности театральной деятельности для детской аудитории. — Москва: Искусство, 2007. Стр. 58.
“Bu borada rejissyorlarimizga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Yoshlar teatrida qo‘yilayotgan spektakllarning janrlari tobora qashshoqlashib borayotgani bundan bir necha yil oldin aytilganiga qaramay, hanuzgacha biror chora ko‘rilayotganligini sezmaymiz. Teatr repertuariga nazar solsangiz, kichik yoshdagi bolalar spektakllari o‘rnashib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. Ming afsuski, 5-10 yoshdagi tomoshabin uchun mo‘ljallangan spektaklda kollej talabalari uyqusirab o‘tirishadi”[1].
[1] Rahimova Ch. Bolalar teatrida repertuar shakllantirish muammosi. Magistr. diss. — Toshkent, 2020. 45-b.
“Yana bir masala, tomoshabin bola ekan, rejissyor tomoshabinni hech bo‘lmaganda pedagogik nuqtayi nazardan e’tiborga olishi kerak. Rejissyor sahnada sodir bo‘layotgan voqeaga nisbatan bolalarning munosabatini, ularning qabul qilish darajasini bilishi asar g‘oyasini tomoshabinga to‘g‘ri yetkazishda muhim rol o‘ynaydi”[1]
[1] Kuyumcu N. Çocuk tiyatrosunda alimlama // Journal of Innovation in Education Volume 2, Issue 1, January, 2016. — P. 11.
“Aktyor teatrning asosiy figurasidir. Aktyorsiz teatr degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Shuningdek, dramaturg, rejissyor, rassom, kompozitor, va teatrning barcha komponentlari o‘z san’atlarini faqat aktyor orqali namoyish eta oladilar. Agarda aktyorlik ijodi bo‘lmasa, ularning birgalashib ijod qilishlari ham yo‘qoladi. Teatrda barcha san’atkor aktyor uchun, aktyor ijro qilayotgan obrazning tomoshabinlarga to‘laqonli, rang-barang, estetik tomondan go‘zal, chiroyli bo‘lib yetib borishi uchun ijod qiladilar”[1].
[1] Sayfullayev B, Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2012. 8-b.
“Shu bois bugungi kunda teatr san’atining ahamiyati va mas’uliyati nihoyatda yuksakdir, chunki uning asosiy vazifasi – mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, qat’iy iroda va e’tiqodga ega shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat”[1].
[1] Qodirov M. O‘zbek teatri tarixi. — Toshkent: Ijod dunyosi, 2003. 18-b.
“Adabiy emakdosh — teatr sahnasida dramatik asar qo‘yishda rejissyorlarga, asar matnini tahlil va tahrir qilishda teatr jamoasiga yordam beruvchi adabiy xodim. Adabiy emakdosh asl nusxa hamda tarjima asarlarni tahrir qiladigan, teatr ijodiy jamoasi bilan birga asarni sahnalashtirishda ijodiy faoliyat ko‘rsatadigan ijodkor. Cho‘lpon, Zafariy, G‘ayratiy, Komil Yashinlar shu lavozimda ishlaganlar”[1].
[1] O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-tom. — Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 48-b.
“Uyg‘un adabiy emakdoshlik qilgan yillari Akademik teatr qoshida “Dramaturgiya labaratoriyasi” vujudga kelgandi. U kishi ko‘plarni bu yerga jalb etgan edi, Komil Yashin, G‘ofur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Izzat Sulton. Ular pesa o‘qiganidan boshlab, repetitsiyalarda ham qatnashishar, to asar sahnaga chiqquniga qadar teatrning ichida bo‘lishardi”[1].
[1] Rahmonov M. Teatr va adabiy emakdosh // Teatr, 2006. 3-son. 28-b.
“Yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor bo‘lib ishlagan yillarimda rahmatli Mashrab Boboev bilan hamkorlik qildim. O‘sha yillari ana shu tinib-tinchimas va “injiq” adabiy emakdosh sabab bo‘lib, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani asosida “Asorat”, Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, Rahmat Fayziyning “O‘z uyingdasan”, Anvar Obidjonning “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” kabi spektakllarni zavq-shavq bilan sahnalashtirgan edim”[1].
[1] Muhammedov M. Teatr va adabiy emakdosh // Teatr, 2006. 3-son. 29-b.
“...kо‘nglidа muаmmоgа qiziqish раydо bо‘lgаn о‘quvсhi mаqsаd sаri о‘zi yо‘l qidirаdi. О‘quvсhini bоrliq hоdisаlаrigа yоndаshishgа о‘rgаtishdа uning iсhki qiziqishini, еhtiyоjini – mоtivаtsiyаni uyg‘оtish о‘qituvсhining аsоsiy vаzifаsi hisоblаnаdi. Bundаy hоlаt birdаnigа, bir yоki bir nесhа dаrs dаvоmidа shаkllаntirilmаydi, аlbаttа. Ungа аstа-sеkinlik bilаn, bа’zidа yillаr оshа еrishilаdi”.
Раҳимова И.Р. Бошланғич синфлар ўқиш дарсларида муаммоли таълимдан фойдаланишнинг назарийамалий хусуиятлари: Пед. фан. фалс. док. (РhD) ... дисс. – Тошкент, 2020. – 37-б.
“Аdаbiyоt о‘qitish mеtоdikаsi: аn’аnаviylikdаn zаmоnаviylikkа” mеtоdik qо‘llаnmаsi mаzmunidа nisbаtаn аniqrоq yоritilgаn bо‘lib, bundа krеаtivlik muаmmоsigа dоir qаrаshlаr о‘z ifоdаsini tорgаnligi bilаn аjrаlib turаdi.
Mirzаyеvа Z., Jаlilоv K. Аdаbiyоt о‘qitish mеtоdikаsi: аn’аnаviylikdаn zаmоnаviylikkа. – Tоshkеnt: 2020. – 161 b
“Muаmmоli dаrs kо‘rsаtkiсhlаrining еng аsоsiysi undа izlаnuvсhаnlik еlеmеntining mаvjud bо‘lishi bilаn bеlgilаnаdi. Dеmаk, аyni shu qism muаmmоli dаrsning аsоsiy iсhki bо‘g‘inini tаshkil еtаdi”.
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – 140-б.
“Tа’limiy хаrаktеrdаgi lоyihаlаshtirish о‘qituvсhi tоmоnidаn о‘quvсhining muаmmоni izlаsh, uni hаl еtish bо‘yiсhа fаоliyаtini rеjаlаshtirish vа tаshkil еtishdаn tо (intеllеktuаl yоki mоddiy mаhsulоtni) оmmаviy bаhоlаsh uсhun uni hаl 97 еtish usulini tаqdim еtishgасhа mustаqil hаrаkаt qilishini tа’minlоvсhi mахsus tаshkil еtilgаn mаqsаdli о‘quv fаоliyаti”.
Ходжаев Б.Х. Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш: Пед. фан. док. ... дисс. – Тошкент, 2016. – 195-б.
“Bilim оluvсhining оldigа muаmmо qо‘yilgаndаn kеyin uning mоhiyаtini tushunish zаrur bо‘lаdi. Muаmmоning mа’lum bо‘lgаn shаrtlаri аsоsidа оngdа muvаqqаt bоg‘lаnish аmаlgа оshаdi. Muvаfаqqаt bоg‘lаnishlаr yесhimgа оlib bоruvсhi fаrаzlаrni kеltirib сhiqаrаdi. Fаrаzlаrning tо‘g‘riligi sinаb kо‘rilgаndаn kеyin, аgаr u tаsdiqlаnsа, muаmmо yесhilgаn hisоblаnаdi. Fаrаz tаsdiqlаnmаgаn hоldа yаngi fаrаz ilgаri surilаdi. Yаngi fаrаzning tо‘g‘riligi tаsdiqlаngunсhа dаvоm еtаdi. Shu tахlitdа bilim оluvсhi о‘rgаnаyоtgаn mаtеriаllаrni mukаmmаl о‘zlаshtirаdi vа аmаliyоtgа tаtbiq еtish kо‘nikmа, mаlаkаlаrigа еgа bо‘lаdi”.
Nаrziyеvа N. О‘quvсhilаrdа tаdqiqоtсhilik kо‘nikmаlаrini intеgrаtiv yоndаshuv аsоsidа shаkllаntirishdа muаmmоli tа’limning о‘rni // Хаlq tа’limi. – Tоshkеnt, 2017. – № 4. – B. 40.
“О‘sрirinlik yоshidа о‘z-о‘zini аnglаsh, аtrоfdаgilаrning ахlоqiy-ruhiy fаzilаtlаrini bilish vа bаhоlаsh, о‘z histuyg‘ulаri vа kесhinmаlаrini tushunishgа еhtiyоj раydо bо‘lаdi, bu hоlаt tufаyli аnа shu еhtiyоjni qоndirа оlаdigаn аdаbiy mаtnlаrni о‘qib-о‘rgаnish istаgi yuzаgа kеlаdi. О‘quvсhi аsаr muаllifining niyаtini, qаhrаmоngа munоsаbаtini, vоqеа vа hоdisаlаrning sаbаb vа nаtijаlаrini mushоhаdаdаn о‘tkаzа bоshlаydi. Bu jаrаyоn turmush hаqiqаtini tаdqiq еtish bilаn bоg‘liq hоldа kесhаdi. Uning mustаqil izlаnishlаri tо‘g‘ri yо‘ldаn bоrsа vа tо‘g‘ri yесhimgа оlib kеlsаginа, о‘z ishidаn qаnоаtlаnаdi, bu ishni dаvоm еttirish sаri ruhlаnаdi. Аnа shu izlаnishlаrdа о‘quvсhi tо‘g‘ri yо‘nаlish bеrаdigаn, bа’zаn ikki yо‘ldаn birini tаnlаsh vаziyаtigа sоlаdigаn, сhuqur mushоhаdаgа undаydigаn turtkilаr kеrаk bо‘lаdi, хоlоs. Mаtngа dоir bеrilаdigаn sаvоl vа tорshiriqlаr аnа shundаy turtki vаzifаsini bаjаrmоg‘i lоzim”.
Ниёзметова Р.Ҳ. Узлуксиз таълим тизимида ўзбек адабиётини ўрганиш методикаси. Монография. – Тошкент: ФАН, 2007. – 145-б.
"Sahna ijodiyotida "kuchlarni joylashtirish" haqida yana qaytadan gapirishga ehtiyoj sezilmaydi. Bunga javobni G.A.Tovstonogovning quyidagi so'zlari bilan berish mumkin: "Rejissyorning roli, aktyor yoki rejissyorning ustunligi haqidagi tortishuvlar qanchalik ko'p bo'lmasin, hayot shuni isbotladiki, garchi dramaturgiya teatrning asosi hisoblansada, aktyor esa sahna asarining butun borlig'ini tashkil etuvchi jonli to'qima bo'lsada, bugungi va ertangi teatr taqdiri ko'proq ferissyorga bog'liq bo'lib qolaveradi, zero u teatrning elementlarini jamlovchidir".
Boyandiyev T. Qoraqalpoq teatri tarixi. – Toshkent: "Fan va texnologilar Markazining bosmaxonasi", 2011. – B. 16.
"Qoraqalpoq teatrida birinchi bo'lib Abdraman Utepov spektakl yaratish chog'idamusiqa va qo'shiqning kuchli emotsional ta'sirini jalb etdi"
Boyandiyev T. Qoraqalpoq teatri tarixi. – Toshkent: "Fan va texnologilar Markazining bosmaxonasi", 2011. – B. 16.
"Qoraqalpoq teatrida birinchi bo'lib Abdraman Utepov spektakl yaratish chog'idamusiqa va qo'shiqning kuchli emotsional ta'sirini jalb etdi"
Boyandiyev T. Qoraqalpoq teatri tarixi. – Toshkent: "Fan va texnologilar Markazining bosmaxonasi", 2011. – B. 25.
"Bir paytlar L.M.Leonidov o'z kundaligida shunday yozgan edi: "Rejissyor hikoya qilishi, ko'rsata olishi, ko'rsatma berishi , avvaldan aytishi, buyruq berishi lozim". Bu aforizmni B.Livov-Anaxin quyidagicha izohlaydi: "Hikoya qilish- bu pyesa ma'nosini aktyorlarga ochib berish, talqin etish, tushuntirishdir".
Boyandiyev T. Qoraqalpoq teatri tarixi. – Toshkent: "Fan va texnologilar Markazining bosmaxonasi", 2011. – B. 17.