“Biz Buxoro shahri tevaragidagi so‘lim go‘shalardan birida to‘xtadik. Bu yerni Fatxabod deb atar ekanlar. U yerda shayx darvesh Sayfiddin al-Boxarziyning qabri bor edi. Sayfiddin Boxarziy bosh avliyolardan bo‘lgan. Vaqf egasiga juda katta mulk qarashli bo‘lib, undan keladigan foydadan ziyoratchilar boqilgan. Uning shayxi Boxarziyning nabirasi Yaxyo al-Boxarziy (Ibn Batutuni-R.A.) kutib oldi. U bizlarni o‘z qadrdonidek qarshi oldi. Tunni kunga ulab suhbat qurdik. U shaharning obro‘li kishilarini chaqirib, u yerda kitobxonlik qilindi, kitobni chiroyli ovoz (qiroat) bilan o‘qidilar. Ular turkcha va forscha o‘qidilar. Biz u yerda tunni mo‘jiza bilan o‘tkazdik. Men u yerda “shariat sadri unvoni bilan ataluvchi olim huquqshunosni ko‘rdim”
Ибн Баттута. Саёҳатнома. Масъул муҳаррир ва муқаддима муаллифи Н.Иброҳимов. Тошкент: Шарқ. 2012. –B. 366-367.
«Jamiyat tarixidagi o‘zgarishlar doim kitobat ishi sohasida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 20.
«Arxivshunoslik va kutubxonashunoslikning bir-biri bilan uzviy aloqasi hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanish masalalarida yaqqol ko‘rinadi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 248.
«Toshbosma (litografiya) XIX asrda O‘rta Osiyo kitob nashrida inqilobiy yangilik bo‘ldi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 156.
«Qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasining Sharqdan G‘arbga tarqalishi butun jahon madaniyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 110.
«Bibliografiya – ilmiy bilishning maxsus shakli, kitobshunoslikning nazariy va amaliy tarmoqlaridan biridir»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 225.
«Kitob va kutubxona jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy hayotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllanadi»
«Qadimda Turon xalqlari — parfiyaliklar, xorazmiylar, sug‘dlar, baqtriyaliklar, farg‘onaliklar muayyan tarzda yozilgan (ko‘chirilgan) va bezalgan biron-bir matnni belgilash uchun «po‘stak» so‘zidan foydalanganlar»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 5.
«Kitob – “hayot darsligi”, “qalb oziği”, “do‘st”, “suhbatdosh”, “hayot ko‘zgusi”, “eng buyuk va sirli mo‘’jiza”. Darhaqiqat, kitob – madaniy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning qudratli vositasi, bilim va ma’rifatning boy manbai».
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 8.
«Arab yozuvi Markaziy Osiyoda islom dini tarqalishi bilan birga kirib keldi va ming yildan ortiq vaqt davomida asosiy yozuv tizimi bo‘lib xizmat qildi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 79.
"Murashu xonadoni arxivi bitta xonadan topilgan, shuning uchun to‘liq nashr qilingan. Hammasi bo‘lib, 730 ta taxtacha (taxtacha). Ularning aksariyati juda yaxshi saqlangan. Shu kungacha asosiy ko‘pchiligi nashr qilingan. Ular o‘nlab kotiblar tomonidan juda toza va mayin pishitilgan loyga yozilgan. Taxtachalar Nippur va atrofdagi viloyatlarda yozilgan. Ularda 200 dan ortiq aholi punktlari tilga olinadi. Aksariyat matnlar Artakserks I va Doro II davri bilan sanalashtirilgan"
Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, Alimova Rahima Ruskulovna. Arxivshunoslik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2020.
«Kitob tarixi va kitob noshirligi, kitob savdosi, kutubxonachilik, bibliografiya ishi tarixining ob’ekti va predmeti sohasini tarixiy-kitobiy bilimni ifodalashning quyidagi shakllari tashkil etadi…»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 19.
«Kitob tarixi — “Kitob” rivojlanishining tarixiy qonunlari va uning “Kitobat ishi” tizimida mavjudligining muayyan tarixiy shakllari haqidagi fan»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 18.
«“Kitob” so‘zi o‘zbek va tojik tillariga ham, boshqa turkiy va yangi eron tillariga ham Turon–Turkiston zaminiga arablar va islom dini kelishi bilan kirib kelgan. Biroq “kitob” o‘z kelib chiqishiga ko‘ra arabcha so‘z emas, balki oromiy tilidan o‘zlashtirilgan» (Axunjanov, 2011, 6-bet).
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 6.
"Arxiv hujjatlaridan ko‘rish mumkinki, xonning davlat apparati tomonidan mehnatkash xalq ommasini talash orqali yig‘ib olingan pullar, xon va uning yaqin kishilari tomonidan faqat kayf-safo va aysh-ishrat qilish uchun sarflangan. Juda zarur jamiyat ehtiyojlariga nihoyatda kam pul sarflangan. Shunisi xarakterliki, xarajat daftarlarida bunday maqsadlar uchun qilingan xarajatlar deyarli uchramaydi"
Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. – Б. 13.
"Bu o‘rinda koreys yozuvining yaratilish tarixini hozir VII-VIII asrlar bilan bog‘liq deb isbotlangani madaniy ta’sirlarning qadimiy ildizlarini bilish ma’nosida muhim yangilikdir. Koreys alifboli yozuvi Koguryo, Pekche, Shilla (Silla) davlatchilik bosqichlaridan keyin bir necha asr Xitoyning siyosiy va madaniy ta’sirini zo‘rma- zo‘raki singdirishga urinishlar tufayli hayotga joriy etilishi qiyin bo‘lgan. Biroq, Koryo va Choson qirolliklari davrida, xususan, Koreyani kuchli mustaqil davlatga aylantirish yo‘lida katta islohot ishlarini amalga oshirgan qirol Sechjon (1418 1450) davrida koreys yozuvini yanada mukammallashtirib, 28 harfli alifbo sifatida maxsus buyruq bilan joriy etildi"
Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, Alimova Rahima Ruskulovna. Arxivshunoslik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2020. – B 23.
«Avesto yozuvi – O‘rta Osiyoda ma’lum bo‘lgan eng qadimiy yozuv tizimlaridan biridir»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 45.
«Sug‘d yozuvi Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda keng tarqalib, keyingi davr yozuv tizimlari shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 52.
«Qadimgi turkiy bitiklar – Orxon-Enasoy yodgorliklari – turkiy xalqlarning yozma madaniyatining eng qadimiy namunalari hisoblanadi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 61.
"Yozuv tarixida harf – tovush, ya’ni bir harf bir tovush birligini ifoda etadigan shartli belgilar tizimi – alifbo paydo bo‘lgunicha inson nutqining tabiatini tushuna borish barobarida yozuvning “belgi-jumla”, “belgi-so‘z”, “belgi-bo‘g‘in” va nihoyat, belgi-tovush kabi murakkab izlanishlar bosqichlari bo‘lib o‘tgan. Ayni harf-tovush, bir belgiga bir fonema to‘g‘ri keladigan yozuv bu sohadagi kashfiyot chilikning yuksak bosqichi hisoblanadi"
Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, Alimova Rahima Ruskulovna. Arxivshunoslik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2020. – B 21.
"Ahmoniylar salatanatida amal qilgan oramiy yozuvli va oramiy tilli hujjatchilik arxivlari saltanatning g‘arbiy qismiga taalluqli bo‘lib, bizning mavzuimizdan tashqaridadir (bular Elefantin arxivi - mil. avvalgi V asr, Suza arxivi - mil av. VI asr, Persepol arxivi - mil.av. V asr va boshqalar)"
Дандамаев М.А, Луконин В.А. Культура и экономика Древнего Ирана. –М., 1980; Дьяконов И.М. Люди города Ура. –М., 1990.
«Kitobshunoslik ilmiy bilimi ob’ekti tarkibiy darajalari kitobning umumiy, maxsus va ayrim nashr sifatida aks etish darajalariga mos keladi»
E. Axunjanov - Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T: «T A F A K K U R -B O S T O N I» 2011. - B 16.